Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda dahanaki jang fojia bilan tugadi

Qashqadaryoda dahanaki jang fojia bilan tugadi

Mirishkor tumani “Yangiqishloq” MFYda yashovchi fuqaro A.D. o‘zaro kelishmovchilik tufayli mahalladoshi U.O.ni 2021 yil 02 oktyabr kuni “Pomuq” MFY cho‘l hududida joylashgan chaylasiga chaqirgan.

Shu kuni soat taxminan 10:30larda U.O. chaylaga kelganidan so‘ng, og‘zaki tortishuv davomida A.D. oshxona pichog‘i bilan raqibining chap ko‘krak, tomoq va bosh sohalariga tan jarohati yetkazgan. O‘z navbatida U. O. voqea joyida turgan panshaxa bilan A.D.ga qarshilik ko‘rsatganligi sababli A.D. voqea joyidan qochib yashiringan.

So‘ngra U.O. telefon orqali sinfdoshini yordamga chaqirib, u bilan shifoxonaga borgan. U.O. ga shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan A.D. JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, tuman prokuraturasi tomonidan O‘zR JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:42 06.10.2021. O'qildi: 4945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!