Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda bloger kaltaklandi. Nega?

Qashqadaryoda bloger kaltaklandi. Nega?

"Yakkabog'24" telegram kanali quyidagi materialni chop etdi.

"Mamlakatimizda ham karantin qoidalari joriy etildi. Mehribon va sahovatpesha xalqimiz qiynalgan yurtdoshlariga imkoniyatlaridan kelib chiqib ko‘maklashayotir. Kimdir mahsulot tarqatmoqda, ba’zilar moliyaviy jihatdan yordamlashmoqda. Tumanimiz aholisi ham ushbu kunlarda bir chetda qarab turgani yo‘q. Yordam qo‘lini cho‘zmoqdalar.

Kecha ertalab “Avtobloguz” telegram kanali blogeri Maqsud Muzaffarov va Sanjar Abdullayev ismli tumandoshimiz ayrim ko‘ngilli haydovchilar bilan birga ushbu qiyinchilik kunlarda aholiga ko‘maklashish maqsadida xayriya aksiyasini yo‘lga qo‘yishmoqchi bo‘libdi. Unga ko‘ra, Yakkabog‘ shahridagi tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika 1-filiali, tuman tug‘ruq bo‘limi (roddom), Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi va boshqa bo‘limlar joylashgan “tibbiy shaharcha” darvozasidan “Istiqbol” dehqon bozori va Yakkabog‘ shahri mahallalariga bepul qatnov aksiyasini joriy etishibdi. Bu aksiyani yoritishimizni so‘rab telegram orqali ma’lum qilishdi.

Aksiyani yoritish maqsadida o‘sha joyga bordik. Lekin borganimizda dilni xira qiladigan vaziyat ustidan chiqdik! Aksiya ishtirokchilariga ayrim “tadbirkorlar” o‘zlarini shirkat egasi, deb tanishtirib qarshilik qilmoqda ekan. Keyin bilinishicha, shifoxonadan bozorga qadar alohida qatnov liniyasi joriy etib olishgan ekan. (Tag‘in bilmadik! Zero, qanchadan qancha noqonuniy ishlarni yoritishimizga qaramay oxirida “qonuniy” deb topilmoqda! Faqat masala internetda yoyilib, Yurtboshimizga yetgandagina asl mohiyati ochilmoqda!)

Yakkabog‘ tumanidagi avtouyushmalarning noqonuniy ishlari yuzasidan ko‘p bora mutasaddilarga murojaat qilganimizga qaramay ular panja orasidan qarab kelgan. Shuning uchun “Shifoxona-“Istiqbol” dehqon bozori” qatnovining avtouyushmasi hujjatlari bilan tanishib o‘tirmadik. (Tuman rahbarlari avvalgi murojaatlarni ochiq qoldirgan.) Lekin “aksiya”ning qiziq natijasi keyin ma’lum bo‘ldi!

“Istiqbol” dehqon bozori yaqinida bloger Maqsud Muzaffarov bilan suhbatlashib turganimizda o‘zini uyushma egalari deb tanishtirgan 10 dan ortiq ayol-u erkak bizni o‘rab olishdi. Ularning “tinchgina” bizneslariga xavf solganimizni aytib, do‘pposlab ketishdi. Yaxshi insonlarning ko‘magi bilangina qutulib qoldik.

Yakkabog‘da oilaviy zo‘ravon guruhlar paydo bo‘lganmi?

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi, IIB, davlat Soliq inspeksiyasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi surishtiruv olib borishini,  noqonuniy faoliyatlarga barham berishini, bizga zo‘ravonlik qilganlarga chora ko‘rishlaringizni  so‘rab qolamiz".

Kiritildi: 14:58 18.06.2020. O'qildi: 4540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!