Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 19 yoshli 5 nafar jinoyatchi qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda 19 yoshli 5 nafar jinoyatchi qo‘lga tushdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 2019 yil 27 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qushxona mahallasida yashovchi Z.E.ning uyi yerto‘lasidan 90 mln. so‘m puli va 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 19 yoshliklar Bo‘ston mahallasida yashovchi SH.A., Qushxona mahallasida yashovchi J.X., Xabarlik mahallasida yashovchi M.O‘., Xo‘jaxuroson mahallasida yashovchi D.R. va Xo‘jaxuroson ko‘chasida yashovchi A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 10:39 02.06.2019. O'qildi: 2121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!