Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qarzingiz ko‘pmi? Qutula olmayapsizmi?

Qarzingiz ko‘pmi? Qutula olmayapsizmi?

Agar qarzdor bo‘lsangiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim bergan quyidagi duolarni ixlos ila qiling. Alloh taolo duolaringizni ijobat etsin.

اللّٰهُمَّ إني أعُوذُ بِكَ مِنَ المأْثَمِ وَالمَغْرَم

  1. «Allohumma inniy a’uzu bika minal masami val mag‘ram

"Allohim! Sendan ma’siyatdan va qarzdorlikdan panoh so‘rayman".

اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ الْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ، وَقَهْرِ الرِّجَالِ

  1. «Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g‘albatid dayni va qohrir rijali»

"Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning qahridan panoh so‘rayman".

 

اللهُمَّ اكْفِنِي بِحَلالِكَ عَنْ حَرامكْ، وَأَغْنِني بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِواك

  1. «Allohumma ikfiniy bi halalika a’n haromik va ag‘niniy bi fazlika amman sivak»

"Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin".

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 12:05 14.01.2020. O'qildi: 4980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!