Xitoy olimlari qandli diabetning 2-turidan dori vositalarisiz xalos bo‘lish yo‘lini topdi. Tadqiqotchilar fikricha, vaqti-vaqti bilan och yurish mazkur kasallikni davolashga xizmat qiladi.
Ya’ni bemor har kuni belgilangan soatdan boshlab ma’lum muddat ovqatlanishdan tiyilsa, qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanish xavfi keskin kamayadi.
Bu xulosani amaliyotda tasdiqlash uchun qandli diabetning 2-turiga chalingan 36 nafar bemor tadqiqotga ko‘ngilli sifatida jalb etildi.
Yakunda olimlar tomonidan tavsiya etilgan o‘ziga xos parhez tufayli xastalarning 90 foizi dori-darmonlar qabul qilishni kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bemorlarning 55 foizi esa kamida bir yil davomida preparatlar muolajasini butunlay to‘xtatdi.