Kuni kecha, 30 aprel soat 18:00larda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 198-kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Suyultirilgan propan gaz ortilgan yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan. Eng asosiysi shuki, ushbu hodisadan hech kim jabrlanmadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borib, YTH oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etdilar.