Alhamdulillahi Robbil alamiyn, vassolatu vassalamu alan Nabiyyil amiyn va ala olihi va ashabihi ajma’iyn. Ammo ba’d.
Albatta, qalb tanadagi barcha a’zolarning podshohi va yo‘lboshchisidir. Agar qalb to‘g‘ri bo‘lsa, boshqa a’zolar ham to‘g‘ri bo‘ladi. Agar qalb egri bo‘lsa, tana a’zolari ham egrilikda unga ergashadi. Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Ogoh bo‘linglar, jasadda bir parcha go‘sht bor. U isloh bo‘lsa, jasadning boshqa a’zolari ham isloh bo‘ladi. Agar u buzilsa, tananing boshqa a’zolari ham buziladi. Ogoh bo‘linglarki, o‘sha bir parcha go‘sht qalbdir”.
Demak, qalb tanamizdagi eng muhim a’zo ekan, uning kasalligini va o‘sha kasallikdan qutilish yo‘llarini bilishimiz lozim bo‘ladi. Qalbning eng og‘ir kasal bo‘lishi, bu uning qotishidir. Qotgan qalbga hech qanday nasihat, va’z ta’sir qilmaydigan bo‘lib qoladi. Qalb qotishining ko‘p sabablari bor. Quyida mazkur sabablarni keltirib o‘tamiz.
1. Dunyoga hirs qo‘yish.
2. Orzuning uzunligi va o‘limning to‘satdan kelib qolishini unutish.
3. Allohdan boshqaga bog‘lanish.
4. Behuda orzular va xomxayollar dengiziga minish.
5.Allohning toatidan boshqa maqsadlarda odamlar bilan ko‘p aralashish.
6. Ko‘p uxlash.
7. Tavba va boshqa muhim amallarni keyinga surish.
8. Ko‘p yeyish va ichish.
9. Toatlarga dangasalik qilish.
10. Harom taom yeyish, ichimlik ichish, mol topish.
11. O‘tgan gunohlarni unutish va gunoh ustiga gunoh qilish.
12. Ortiqcha dabdabali hayotda yashash.
13. G‘iybat.
14. Chaqimchilik.
15. La’natlash, so‘kish.
16. Yolg‘on.
17. Bo‘hton.
18. Birovlarning obro‘sini to‘kish.
19. Birovlarni masxara qilish.
20. Ko‘p kulish.
21. Behuda o‘yin-kulgi, hazil-huzulga berilish.
22. Kibr, o‘zining qilayotgan amallarini ko‘p deb hisoblash (ujb).
23. Gina.
24. Hasad.
25. Yomon ko‘rish.
26. Mol-dunyo to‘plash yo‘lida musobaqa qilish.
27. G‘azab.
28. Boshqalar haqida yomon gumon qilish.
29. Boshqalarga ichitorlik, ko‘nlitorlik qilish.
30. Baxillik.
31. G‘aflat. Ayniqsa, Allohni zikr qilish, U zotga shukr qilishdan g‘aflatda bo‘lish.
32. Namozni o‘z vaqtida ado qilishga beparvo bo‘lish. Uning vaqtini, farz, vojib, sunnatlarini hurmat qilmaslik.
33. Uzrsiz jamoat namozini tark qilish.
34. Namozda xushu’ning yo‘qligi.
35. Shubhali narsalardan parhez qilmaslik.
36. Betoqat bo‘lish.
37. Shoshqaloqlik.
38. Boylar, dunyo ahllari bilan ko‘p o‘tirish.
39. Bid’atchilar bilan birga ko‘p o‘tirish.
40. Qo‘shiq va musiqani ko‘p eshitish.
41. Ko‘p televizor ko‘rib vaqtlarni behuda sovurish.
42. Do‘stlar va solih insonlarga yaqin bo‘lishga qiziqmaslik.
43. Sunnat va nafllarga beparvo bo‘lish.
44. Va’daga xilof qilish.
45. Omonatga xiyonat qilish.
46. Behuda go‘p gapirish.
47. Shaytonga itoat qilish va unga ergashish.
48. Nafsning so‘ziga kirish.
49. Allohning dushmanlariga, kofir va fosiqlarga o‘xshashga urinish.
50. Erkaklarning ayollarga, ayollarning erkaklarga o‘xshashga urinishi.
51. Zulm, boshqalarga tajovuz qilish.
52. Din va dunyo ishlarini bilmaslik.
53. Alloh harom qilgan narsalardan qo‘rqmaslik, ularga jur’atli bo‘lish.
54. Istig‘for va tavbaga, rahmatning kengligiga suyanib qolish va gunohlarni ketma ket qilaverish.
55. Shahvatlarga ergashish, iffatdan uzoqlashish.
56. Boshqalar bilan muomala qilayotganda qo‘pollik va qo‘rslik qilish.
57. Musulmonlarni aldash va ularning orasini buzishga intilish.
58.Dahriylikka, kufrga, fisqu fujurga, shahvatga undaydigan kitoblarni, qissalarni va she’rlarni o‘qish.
59. Kichik gunohlarni mensimay qilaverish.
60. Qur’onni o‘qishdan, yodlashdan, tadabbur qilishdan va unga amal qilishdan uzoqlashish.
61. Qalbni yumshatadigan narsalardan uzoqlashish. Masalan, o‘limni kam eslash, qabristonlarni ziyorat qilmaslik, hisob-kitob, jannat, do‘zax, sirot va boshqa narsalarni o‘ylamaslik.
62. Ota-onaga oqq bo‘lish.
63. Qarindoshlar bilan bordi-keldini uzib qo‘yish.
64. Qo‘shniga ozor berish.
65. Sahobalarni yomon ko‘rish.
66. Amri ma’ruf va nahiy munkarni tark qilish.
Yuqorida keltirilgan qalb qotishining sabablaridan qutulishning eng yaxshi yo‘li mazkur ishlarning teskarisini bajarishga harakat qilishdir.
Alloh taolo barchamizning qalblarimizni qotishdan asrasin. U zotning huzuriga salim qalb bilan borishimizni nasib aylasin, omin!
Nozimjon HOSHIMJON
Manba: azon.uz