Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putinning Zelenskiy haqidagi so‘zlari hammani kuldirdi

Putinning Zelenskiy haqidagi so‘zlari hammani kuldirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yangi rahbari Vladimir Zelenskiy bilan bir kun kelib uchrashishga va tanishishga umid bildirdi va uning yaxshi aktyor ekani, lekin kimnidir o‘ynash va kimdir bo‘lish  - butunlay boshqa narsa ekanligini qayd etdi.

“Menga qarang, men bu odamni bilmayman, umid qilamanki, bir kun kelib tanishamiz. Ko‘rinishidan, u prezident bo‘lgunga qadar faoliyat yuritgan sohada yaxshi mutaxassis – u yaxshi aktyor”, - dedi Putin Zelenskiy bilan hamkorlik qilish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga javoban.

Zaldagilar uning bu so‘zlarini qarsaq chalib, kulgi ila qarshi olishdi, deya yozadi RIA Novosti.

“Men jiddiy gapiryapman, siz esa kulyapsiz”, - dedi kulimsirab Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari o‘yin o‘ynash uchun iste’dod lozimligini ta’kidladi.

“Bu aniq. Iste’dodlar bisyor, va bu iste’dodlardan biri – bu gavdalantirish iste’dodi. Sen har o‘n daqiqada yangi chehralarni - “shoh” va “gadoni gavdalantirishing mumkin . Har yerda ishontirarli darajada o‘ynash – bu haqiqatdan ham iste’dod. Lekin davlat ishlari bilan shug‘ullanish uchun boshqa sifatlar zarurdir”, - deya ta’kidladi Putin.

Ukraina prezidenti saylovlarida g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy 20 may kuni Ukrainani boshqarishni boshladi.

Kiritildi: 18:13 08.06.2019. O'qildi: 4202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!