Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff o‘rtasidagi uchrashuv 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tishini aytdi, deb xabar beradi TASS.
— Ha, Uitkoff bilan uchrashuv ertaga rejalashtirilgan. Aslida, bu haqda uning o‘zi kecha aytgan edi, — deya bu masala bo‘yicha savolga javob berdi Peskov.
Kreml vakili shuningdek, muzokaralar tushdan keyin bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
— Prezident bugun ertangi Rossiya-Amerika aloqalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir nechta shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazadi, — deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.