Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putinning ish stolidan qaysi nashrlar o‘rin olganini bilasizmi?

Putinning ish stolidan qaysi nashrlar o‘rin olganini bilasizmi?

Prezident Vladimir Putin tarkibida Forbes , Vokrug sveta , RBK, Ovchilik va baliq ovi - XXI asr , Kommersant’ , Izvestiya va Delitant jurnallari bo‘lgan jami 23 nashrni doimiy kuzatib boradi. Bu haqda 19 fevral kuni RBK ma’lum qildi.

Nashrning qayd etishicha, abonent personalida yangi shartnomalar ko‘zda tutilmagan. Prezidentning matbot kotibi Dmitriy Peskov yaqinda Geo jurnali uchun obuna bo‘lishni to‘xtatdi va Tatlerni o‘qishni boshladi. Uning ro‘yxatidagi boshqa nashrlar davlat rahbarinikidan farq qilmaydi.

Amaldorlar va parlament a’zolari Tarix karvoni , Hello, Besprizornik , Sovershenno sekretno jurnallarini mutolaa qilishadi. Shuningdek, parlamentdagilar, Kreml ahli hamda merlar Sport-Ekspress va Sovet sporti kabi sport nashrlarini kuzatib borishadi. Biznes matbuotida Kommersant’ yetakchilik qiladi.

Joriy yilda prezident administrasiyasining obuna xarajatlari 8 million rublga oshdi. Hukumat apparat uchun 3,1 million rublga jurnal va gazetalarni xarid qiladi. Davlat Dumasi apparati buning uchun 2,7 million sarflasa, yuqori palata vakillari 1,4 million rublni matbuot uchun ajratadi.

lenta.ru

Kiritildi: 21:37 19.02.2019. O'qildi: 2051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!