Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putinni haqorat qilgan qariyaga jarima solindi

Putinni haqorat qilgan qariyaga jarima solindi

Nafaqaxo‘r Anatoliy Lileykin “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni "yolg‘onchi", shuningdek "davlat jinoyatchisi" deb atagan xabari uchun 70 ming rubl miqdorida jarima to‘laydi.

"Agora" huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari Pavel Chikovning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, nafaqaxo‘r "hokimiyatga hurmatsizlik" moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Advokat Feliks Vertegel suddan Vladimir Putinni jabrlanuvchi sifatida tan olishni va uni sudga chaqirishni so‘ragan, ammo bu talab rad etilgan.

Endilik "Rosshtraf" ijtimoiy loyihasi ushbu jarimani to‘lash maqsadida nafaqaxo‘r uchun pul yig‘ishni boshladi.

 

Kiritildi: 20:30 03.03.2020. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!