Oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSR parchalanganda mustaqil bo‘lgan respublikalar Rossiyaga tegishli yerlarni ham o‘ziniki qilib olgani haqida gapirgan, bu esa katta munozaralarga sabab bo‘lgandi va bo‘lmoqda ham. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" SDP fraksiyasi a’zosi Qodir Jo‘rayev ham bu borada o‘z fikrini bildirdi:
"Kinoya o‘rnida
Agar mashhur siyosatchi da’vo qilgan revizionistik mantiqdan kelib chiqadigan bo‘lsak, unda Amir Temur barpo etgan saltanat hududlarini «bizning tarixiy yerlarimiz» deb aytishga bemalol haqqimiz bor.
Darvoqe, o‘z vaqtida kichik bir shahar bo‘lgan Moskva ham Amir Temur davlati tarkibiga kirgan.