Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin Zelenskiy bilan Konstantinovkada emas, Moskvada uchrashadi

Putin Zelenskiy bilan Konstantinovkada emas, Moskvada uchrashadi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Volodimir Zelenskiyning Konstantinovkada Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

"Agar janob Zelenskiy shu tariqa Rossiyaga kelishga tayyorligini bildirayotgan bo‘lsa, biz buni olqishlaymiz. Ammo eslatib o‘tmoqchimizki, Putin uni Moskvada qabul qilishga tayyor ekanini aytgan edi. Har holda, Rossiyaning poytaxti Konstantinovka emas, balki Moskvadir. Shuning uchun Zelenskiy muhim va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga tayyor bo‘lishi bilanoq Moskvaga kelishi mumkin", — deya ta’kidladi Peskov.

Kreml matbuot kotibi, shuningdek, yana bir bor Konstantinovka to‘liq Rossiya Qurolli Kuchlari nazoratiga o‘tganini aytdi.

Kiritildi: 13:03 05.07.2026. O'qildi: 2809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!