Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik bir tomon manfaati evaziga boshqalar hisobiga ta’minlanmasligi kerakligini bildirdi.
Uning aytishicha, Rossiya bir necha bor Yevropada yangi xavfsizlik arxitekturasini barpo etishni taklif qilgan va barcha sheriklar bilan teng huquqli munosabatlarga ochiq.
«Biz hammani qoniqtira oladigan yechimlarni taklif qilganmiz. Ushbu takliflarga qaytish mumkin, deb hisoblayman», — dedi Putin.
Shuningdek, u Rossiyaning qonuniy manfaatlarini inkor etish Ukraina inqiroziga olib kelganini ta’kidladi.