Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi koronavirus tarqalishi munosabati bilan yana xalqqa murojaat qildi va shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.
“Shifokorlar va hamshiralar uchun bu oson ish emas, ular bo‘lajak epidemiyadan himoya qiladi – davolaydi, odamlarni qutqaradi”, dedi u.
Putin koronavirusning oldini olish bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilgan barcha ruslarga minnatdorchilik bildirdi. U bu juda muhimligini ta’kidladi.
Davlat rahbari turli mintaqalarda vaziyat boshqacha ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada yangi virus jiddiy xavf tug‘dirdi.