Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin va Tramp o‘rtasida «uch tomonlama uchrashuv» haqida kelishuv bo‘lmagan – Ushakov

Putin va Tramp o‘rtasida «uch tomonlama uchrashuv» haqida kelishuv bo‘lmagan – Ushakov

Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv bo‘yicha hech qanday kelishuv bo‘lmaganini ma’lum qildi.

«Hozir hamma uch tomonlama uchrashuv haqida – Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi haqida gapirmoqda. Lekin, xususan, bu haqda... bilishimcha, Putin va Tramp o‘rtasida kelishuv bo‘lmagan», – dedi Ushakov Xitoyda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi haqida gapirgan edi.

Kiritildi: 16:52 02.09.2025. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!