Bu haqda RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. U muzokaralarning taxminiy formatiga ham to‘xtaldi.
“Biz avvali yakkama-yakka suhbat bo‘lishidan kelib chiqamiz. Shunday ekan, bu yordamchilar ishtirokida bo‘ladi. Keyin delegasiyalar tarkibida, ehtimol, muzokaralar ishchi tushlik formatida bo‘lib o‘tadi. Keyin liderlar bir muddat tarqalib, keyin qo‘shma matbuot anjumani uchun yig‘ilishadi”, dedi u.