"Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuvi 15 avgustda Alyaskaning Ankorij shahrida bo‘lib o‘tadi"
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
Uning aytishicha, prezidentlar uchrashuvining maqsadi Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaning nuqtai nazarini chuqurroq anglashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham mazkur sammit 15 avgust kuni bo‘lib o‘tishini aytgandi.