Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning uchrashuvi joriy yil 22 fevral kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar chog‘ida Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilinadi.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarga, shuningdek, Ittifoq davlati doirasidagi integrasiya jarayonlarini ilgari surishga e’tibor qaratiladi.