Rossiya va AQSh prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda navbatdagi uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«AQSh diplomatik doiralardagi manbaning aytishicha, Rossiya va Amerika yaqin oylarda Putin va Bayden o‘rtasida yangi sammit tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ikki prezidentning uchrashuvi oktyabr oyining boshida bo‘lib o‘tishi mumkin», deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muhokama etiladigan mavzular strategik barqarorlik, qurol nazorati, kiberxavfsizlik, Ukraina, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharq bo‘ladi.