Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayni paytda Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning uchrashuvi uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini aytdi.
Matbuot kotibidan G20 va ATES sammitlari doirasida bunday uchrashuv bo‘lishi mumkinmi, degan savol berildi. Avvalroq Jo Bayden Rossiya prezidentining bu tadbirlarda qatnashmasligini aytgan edi.
«Bu haqda hech qanday suhbat bo‘lmagan. Ayni paytda hech qanday shartlar yo‘q, garchi prezident muloqotga ochiq qolishini bir necha bor ta’kidlagan. Sammitga safarga kelsak, hali qaror qabul qilingani yo‘q», — dedi janob Peskov.
ATES sammiti 15-16 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. G20 sammiti 18-19 noyabr kunlari Braziliyada, Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi.
2023 yilda AQSh rasmiylari Jo Bayden va Vladimir Putin o‘rtasida aloqalar uchun shart-sharoit yo‘qligi haqida gapirgandi. Ular 2022 yilning fevral oyidan beri muloqot qilishmagan. Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida aytganidek, ularning so‘nggi suhbati chog‘ida u Jo Baydenga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xato ekanligini aytgan.