Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin Ukrainadagi strategik maqsadlariga erisha olmadimi?

Putin Ukrainadagi strategik maqsadlariga erisha olmadimi?

AQSh Mudofaa vaziriga ko‘ra, Putin Ukrainadagi strategik maqsadlariga erisha olmadi.

“Putin urushning deyarli 1000 kuni davomida o‘z strategik maqsadlarining birortasiga ham erisha olmadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qochib ketmadi. Kiyev qulamadi. Ukraina ham taslim bo‘lmadi,” — deya ta’kidladi AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainaga to‘rtinchi tashrifi chog‘ida. Uning so‘zlari “Foreign Affairs” nashrida keltirilgan.

Ostinning fikricha, buning o‘rniga Rossiya “Putinning imperiya orzusi” uchun dahshatli narx to‘ladi: yuz minglab odamini yo‘qotib, 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ini behuda sarfladi.

Ukraina AQSh xavfsizligi uchun to‘rt sababga ko‘ra muhimdir. “Putinning urushi — bu Yevropa xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid, NATO bo‘yicha ittifoqchilarimizga ochiq chaqiruv, umumiy qadriyatlarimizga hujum va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbadir,” — deya takidlab o‘tdi u.

Ostinning aytishicha, Ukraina Putinning qo‘lidan juda ko‘p aziyat chekdi, ammo u mustahkam turibdi va hatto kuchaydi ham. Vazirning ta’kidlashicha, AQSh Ukrainaga yordam berish uchun 58 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan, shuningdek, ularning ittifoqchilari va hamkorlari umumiy xavfsizlik mas’uliyatini baham ko‘rishmoqda. Yolg‘iz Germaniyaning o‘zi Ukrainaga taxminan 31 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgan yoki ko‘rsatishga va’da bergan.

“Putin Ukraina taslim bo‘ladi deb o‘ylagandi. U adashdi. Putin demokratiyalarimiz taslim bo‘ladi deb o‘ylagandi. U adashdi. Putin erkin dunyo qo‘rqadi deb o‘ylagandi. U adashdi. Putin g‘alaba qozonaman deb o‘ylayapti. U adashyapti,” — deya ta’kidladi Ostin.

Kiritildi: 22:36 03.11.2024. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!