Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin Trampni qarori uchun tanqid qildi

Putin Trampni qarori uchun tanqid qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Jo‘lon tepaliklari Isroilga tegishli ekani haqidagi qarorini tanqid qildi.

Putin bu masala bo‘yicha dushanba kuni Moskvada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida berilgan savolga javob berdi. Bu Rossiya prezidentining Jo‘lon tepaliklari masalasiga ilk munosabat bildirishi bo‘ldi.

Putin: Amerikaning Suriyaga tegishli bo‘lgan Jo‘lon tepaliklarni Isroilning bir qismi deb tan olishi, sizlar Rossiyaning pozisiyasini bilasizlar. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda aytildi , degan.

U so‘zi davomida: Bu qaror BMTga tobe bo‘lgan Xalqaro xavfsizlik kengashi qarorlariga teskari hisoblanadi , deb ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 25 mart kuni Oq uyda Jo‘lon tepaliklari Isroil yerlari ekanini tan olish haqidagi qarorga imzo chekkan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ham Trampning huzurida bo‘lgan. Suriyaga tegishli bo‘lgan Jo‘lon tepaliklari 1967 yilda Isroil tomonidan bosib olingan.

Trampning ushbu qarori xalqaro hamjamiyatda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 11:07 10.04.2019. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!