Singapurda Rossiya-ASEAN sammiti oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘rnatilgan tartib-qoidaga zid ravishda metallqidirgich ramkasidan o‘tishga majbur qilishdi. Bu haqda Kreml muxbirlari qatoriga kiruvchi “Kommersant” muxbiri Andrey Kolesnikov xabar qildi.
Muxbirning qo‘shimcha qilishicha, Putin ramkadan o‘tayotganda u ishlab ketgan.
“Kommersant” muxbirining ma’lum qilishicha, shuningdek, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov prezidentni samolyot trapi oldida kutib oladigan vaqtda avtobusda tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Konfuz dnya: Singapursi ottesnyayut rossiyskuyu delegasiyu vo glave s Lavrovim, chtobi osvobodit mesto dlya rukopojatiya prezidentov Rossii i Singapura.
Malenkaya strana, mesta malo pic.twitter.com/b2N7OgSiIc
— Dmitriy Smirnov (@dimsmirnov175) 13 noyabrya 2018 g.
Putin Singapurga 13 noyabrda 3 kunlik tashrif bilan keldi.
Manba: kun.uz