Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya prezidenti Vladimir Putin tez orada vafot etishini ta’kidladi. Budanovning aytishicha, Putin saratonga chalingan.
Putin vafotidan keyin, Budanovga ko‘ra, Rossiyada hokimiyatga o‘tish jarayoni boshlanadi. Biroq jurnalistning diktatorning o‘limi urushni tugatadimi yoki yo‘qmi degan savoliga javoban razvedka boshlig‘i Putin Ukraina g‘alabasidan keyin halok bo‘ladi, chunki urush o‘limidan oldin tugashi kerak, deya javob berdi..
Jurnalist, shuningdek, Budanovdan Putinning kasali haqida qayerdan ma’lumot olganini so‘radi. Budanov esa Putinga yaqin manbalardan olganini ta’kidladi.