Bugun 27 sentyabr, 2022 yil, seshanba

КИР

Putin Rossiyaning rejalarini ma’lum qildi

Putin Rossiyaning rejalarini ma’lum qildi

Rossiya Federasiyasi “yanada demokratik dunyo qurish yo‘lida boshqa qadamlar qo‘yishda” davom etadi.

Rossiya o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda “xalqaro xavfsizlikning mavjud mexanizmlarini takomillashtirish va yangilarini yaratish, milliy qurolli kuchlar va boshqa xavfsizlik tuzilmalarini izchil mustahkamlash, ularning zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan jihozlanishini oshirish”ni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha X Moskva anjumani ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya, shuningdek, o‘zining milliy manfaatlarini ta’minlash va ittifoqchilarini himoya qilish, “yanada demokratik dunyo qurish yo‘lida boshqa qadamlar qo‘yishda” davom etadi.

“Xalqaro huquqqa, uning asosiy norma va tamoyillariga hurmatni tiklash zarur. BMT va boshqa xalqaro muloqot platformalarining pozisiyalarini mustahkamlash muhim. Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi dastlab o‘ylab topilganidek, xalqaro keskinlikni pasaytirish va mojarolarning oldini olish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi, mamlakatlar va xalqlarning ishonchli xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga yordam berishi kerak”, - deydi Putin.

Kiritildi: 17:38 16.08.2022. O'qildi: 9770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!