13 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda keyingi haftadan boshlab aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlashga buyruq berdi. Putin rus olimlari tomonidan yaratilgan Sputnik V ni dunyodagi eng yaxshi vaksina deb atagan.
«Kelasi hafta butun aholini ommaviy emlashni boshlashingizni so‘rayman. Rossiya vaksinasi dunyodagi eng yaxshisi. Xudoga shukrki, bizning vaksinamizni tashish uchun maxsus sharoitlar talab qilinmaydi» dedi Putin hukumatning onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida.
Rossiya o‘tgan yilning avgust oyida Sputnik V vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu dunyodagi koronaivrusga qarshi ro‘yxatdan o‘tkazilgan ilk vaksina bo‘ldi. Ammo o‘sha paytda ushbu vaksinaning keng ko‘lamdagi sinovlari yakunlanmagandi.
Rossiyada klinik sinovlarning uchinchi bosqichidaligida qaramay dekabr oyining boshlarida Sputnik V bilan odamlarni emlashni boshladi. So‘nggi oylarda koronavirus tarqalishi avj olganiga qaramay rus hukumati butun mamlakat bo‘ylab lokdaun holatini joriy qilmayapti.