Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin Rossiya qurolli kuchlari sonini 2 million 389 ming kishiga yetkazdi

Putin Rossiya qurolli kuchlari sonini 2 million 389 ming kishiga yetkazdi

Rossiya prezidenti Vladimir PutinQurolli Kuchlar shtat darajasini 2 million 389 ming kishiga oshirish haqidagi farmonni imzoladi . Ular orasida 1,5 million harbiy xizmatchi bor. Farmon 2024 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.

Harbiy xizmatchilar soni 180 ming kishiga oshdi.

Oxirgi marta prezident 2023 yil dekabrida armiya sonini 170 ming kishiga oshirib, 2 million 209 ming nafarga yetkazgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiya Qurolli Kuchlarida ikkita armiya va 50 ta yangi tuzilma tuzilgan. Putinning aytishicha, o‘tgan yil oxirida armiyaga qurol yetkazib berish 2022 yilga nisbatan uch barobarga oshgan. U qurolli kuchlarni mustahkamlash davom etishiga va’da berdi.

Kiritildi: 07:51 17.09.2024. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!