Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin Rossiya musulmonlarini hayit bilan tabrikladi

Putin Rossiya musulmonlarini hayit bilan tabrikladi

Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqida prezidentning maxsus telegrammasi Kreml saytida e’lon qilingan.

Quyida prezident tabrik so‘zining to‘liq matnini keltiramiz.

Rossiya musulmonlari,

Sizlarni Ro‘za-bayram bilan tabriklayman!

Muborak Ramazon oyi tugashini anglatuvchi va butun dunyo musulmonlari tomonidan alohida e’zozlanadigan ushbu bayram negizida insonning o‘z-o‘zini ruxiy kamol toptirish va rahm-shafqat va mehr-oqibatga bo‘lgan intilishlarini mujassam etgan.

Mamnuniyat bilan qayd etamanki, bizning yurtimiz musulmonlari ham o‘z ota bobolarining ko‘p asrlik urf-odat va qadriyatlariga yuksak hurmat bilan munosabatda bo‘lishmoqda va o‘z farzandlariga ham buni o‘rgatmoqda.

Musulmon ummatining hayoti yaxshi amallar va tashabbuslarga boy. Uning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi faol rivojlanib, ma’rifiy va xayriya tashabbuslariga tinimsiz e’tibor qaratilmoqda.

Bugun maxsus harbiy operasiya davomida musulmon jangchilar o‘zlarining quroldoshlari bilan birgalikda Rossiyani himoya qilmoqdalar, janglarda mardlik va o‘zaro yordam ko‘rsatmoqdalar.

Va, albatta, millatlararo va dinlararo muloqotni ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musulmon tashkilotlarining hissasi beqiyos.

Sizlarga sog‘liq, muvaffaqiyat va eng ezgu tilaklar tilayman.

Kiritildi: 14:45 21.04.2023. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!