Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Putin Rossiya dollardan voz kechadimi degan savolga javob berdi

Putin Rossiya dollardan voz kechadimi degan savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh dollaridan butunlay voz kechmoqchi emasligini aytdi, deb xabar bermoqda REGNUM.

«Agar dollar haqidagi gaplarimni biz undan zaxira valyuta yoki universal hisob-kitob vositasi sifatida voz kechishni istayapmiz, deb tushungan bo‘lsangiz, unday emas», — dedi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u AQSh hukumati dollardan sanksiyaviy chora sifatida foydalanayotgani haqida gapirgan. Masalan, Rossiya hamkorlari bilan harbiy-texnik sohada dollarda hisob-kitob qila olmaydi, chunki bunga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Shu bois Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda boshqa valyutalarga o‘tishga majbur.

«Amerikalik sheriklarimiz bizni bunga majbur qilyapti. Biz o‘z xohishimiz bilan emas, majburan shunday qilyapmiz», — dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, AQSh bu harakati bilan o‘ziga o‘zi zarar bermoqda, chunki dollarda hisob-kitob qilish ishonchli emas.

Kiritildi: 19:20 05.06.2021. O'qildi: 5456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!