Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin nega masofaviy ish rejimiga o‘tdi?

A A A
Putin nega masofaviy ish rejimiga o‘tdi?

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha davlat rahbari Vladimir Putin koronavirus epidemiyasi sababli samarali choralarni ko‘rmoqda, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri. 

"Gap shundaki, Kommunarkada prezident bilan bo‘lganlarning hammasi har kuni koronavirus uchun tekshiriladi Biz barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Prezident yuzaki choralar ko‘rmayapti, u samarali choralar ko‘rmoqda", - dedi Peskov.

U shuningdek, prezident hozir masofaviy rejimda ishlayotganini ta’kidladi.

«O‘zingiz ko‘ryapsizmi, prezident shu kunlarda hamma narsani uzoqdan qilishni afzal ko‘radi. Masofaviy format prezident ishida imkon qadar keng qo‘llaniladi”, - dedi Peskov.

Uning ta’kidlashicha, koronavirus xavfi sababli Rossiya prezidenti suhbatdoshlari bilan qo‘l berishib so‘rashmay qo‘ygan, chunki hozirda “hamma ijtimoiy masofalashuvga rioya qilishi” lozim.

Peskovning ta’kidlashicha, Kremlda Prosenko Putin bilan uchrashuvdan oldin koronavirusga test topshirgani-yo‘qligini bilishmaydi. “Biz buni bilmaymiz. Men yana bir bor takrorlayman, u [Prosenko] yoniga prezident kelayotganini hattoki bilmagan”, deb javob qilgan Peskov “Vedomosti” nashri savoliga.

O‘z navbatida koronavirusga chalingan Denis Prosenko o‘zini yaxshi his qilayotganini va o‘z ishchi xonasida izolyasiyada ekanini aytgan.

Kiritildi: 08:00 02.04.2020. O'qildi: 2619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik