Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Putin muzokaralar bo‘yicha Trampga javob qaytardi

A A A
Putin muzokaralar bo‘yicha Trampga javob qaytardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Ukraina mojarosi bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Prezident Ukraina rasmiylarining o‘zlari Rossiya bilan muzokara olib borishni taqiqlaganini eslatdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, bu masalani muhokama qilishga tayyor.

“Darhaqiqat, bugungi kun voqeligidan kelib chiqqan holda uchrashib, AQSh va Rossiya uchun qiziq bo‘lgan barcha sohalar bo‘yicha xotirjam suhbatlashganimiz ma’qulroq bo‘lardi. Biz tayyormiz", dedi prezident jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Kreml Oq uydan muloqotga tayyorligi haqida hozircha hech qanday signal olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp urushni tugatish uchun neft narxini keskin tushirib yuborishga harakat qilishini aytgandi.

Kiritildi: 01:01 25.01.2025. O'qildi: 2896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!