Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlarini pullik emlash tizimini ishlab chiqish to‘g‘risida hukumatga topshiriq bergan.
Vazirlar Mahkamasi shu oy oxirigacha ushbu masalani hal qilishi kerak. Prezident Rossiya chet elliklarning mamlakatga kelib, emlanishi uchun imkoniyat yaratishi mumkinligini ta’kidlagan.
«Mahalliy farmasevtika sanoati vaksinalar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirishga tayyor. Biz nafaqat o‘z ehtiyojlarimizni to‘liq qondiramiz, balki chet elliklarning Rossiyaga kelib, bu yerda emlanishi uchun ham imkoniyat yaratib bera olamiz», - degan Vladimir Putin.