Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin: "Insoniyat o‘ta xavfli chiziqqa yaqinlashdi"

Putin: "Insoniyat o‘ta xavfli chiziqqa yaqinlashdi"

«Insoniyat mintaqaviy mojarolar va qurol nazorati tizimining vayron bo‘lishi bilan bog‘liq xavfli chiziqqa yaqinlashdi», – dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda «TASS» 5 fevral, chorshanba kuni xabar bermoqda.

"Afsuski, bugungi kunda terrorizm tahdidi tobora kuchayib bormoqda, mintaqaviy mojarolar ko‘paymoqda", dedi davlat rahbari.

2018 yil dekabr oyida Putin dunyo yadro urushi tahdidini yetarlicha baholamasligi haqida qayg‘urgandi. Bundan tashqari, bu xavf haqiqiydir, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda qurol-yarog‘ni saqlash tizimining qulashi, ayniqsa, AQSh O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqib ketganidan keyin yomonlashdi.

Rossiya rahbari terror tahdidi haqida bir necha bor gapirgan. 2018 yil iyun oyida u terrorizmga qarshi kurashni SHHT doirasidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishi deb atadi, shuningdek, mamlakatlar rahbarlarini xalqaro terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:03 05.02.2020. O'qildi: 6792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!