Rossiya Federasiyasi Prezidenti Valdimir Putin 2018 yil 11 dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha kengash majlisida, diniy jamoalar va ularning vakillari haqida gapirib, ularni jiddiy o‘rganmasdan turib birdaniga terrorchi tashkilotlarga taalluqli, deb aytishdan saqlanish lozim degan. Kuni kecha Kremlning rasmiy saytida ushbu yig‘ilishning ikkinchi yopiq qismidagi nutqning stenogrammasi e’lon qilindi, deb xabar beradi Islam-today.
...Biz barcha din vakillariga teng munosabatda bo‘lishimiz lozim, bu haqiqat, biroq yashab turgan mamlakat va jamiyatimizni inobatga olishimiz darkor. Bu, diniy jamoalar vakillarini nainki terrorchi, hatto boshqa buzg‘unchi tashkilotlarga taalluqli, deb aytish degani emas. Albatta, bu g‘irt bema’nilik bo‘ladi, bu bilan jiddiy shug‘ullanish kerak, bu borada men sizga qo‘shilaman... , degan Prezident.