Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Putin haqiqiy erkak”

“Putin haqiqiy erkak”

O‘tgan oyda Qirg‘izistondagi tog‘-chang‘i kurortida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2,5 metr balandlikda joylashgan haykali o‘rnatildi.

Bu voqea kurortning asoschisi Akbar Ro‘ziyev Rossiya homiyligidagi Rivojlanish jamg‘armasidan 1,2 million dollar kredit olganidan keyin sodir bo‘lgan.

Dam olish maskani direktori Akbar Ro‘ziyevning aytishicha, u kredit olish uchun avval qirg‘iz banklariga murojaat qilgan.

Ammo, u o‘ziga kerakli pulni ololmaydi. 2014 yilda ochilgan Rossiya-Qirg‘iziston Taraqqiyot jamg‘armasi esa unga 4 foizlik kredit ajratgan.

«Men o‘z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni bilmadim. Uning krediti evaziga bizning kurortimiz oldingidan ham yaxshiroq. Yana nima deyishim mumkin? Putin haqiqiy erkak”,  deya Putinni o‘ziga o‘rnak sifatida ko‘rishini aytdi Ro‘ziyev.

Ro‘ziyev loyihasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi o‘zini Qirg‘izistonni Yevrosiyo ittifoqiga qo‘shilishning yetakchi mexanizmi deb hisoblaydi. Putin tomonidan 2011 yildan beri ilgari surilayotgan tashqi siyosat, Rossiya va uning sobiq Sovet qo‘shnilari o‘rtasidagi savdo, kapital va mehnat harakatlaridagi to‘siqlarni olib tashlashga qaratilgan.

Haykal, tog‘-chang‘i kurortida barpo etilgan rahbarlarga o‘rnatilgan boshqa yodgorliklarni, shu qatorda Sovetlarning birinchi rahbarlaridan biri Vladimir Lenin bilan birlashib ketgan.

Ro‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar doimiy ravishda yangi qad ko‘targan bu kabi xaykallar oldida suratga tushishadi va selfilar qilishadi.

Kiritildi: 07:10 12.12.2019. O'qildi: 4526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!