Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin milliy g‘oyani vatanparvarlikda ko‘rishini aytdi.
"Menimcha, boshqa hech narsa bo‘lishi mumkin emas", dedi u "Moskva. Kreml. Putin” dasturi boshlovchisiga.
Biroq, prezidentning fikriga ko‘ra, vatanparvarlar haddan tashqari bo‘lmasligi, o‘tmishdagi narsalarga keragidan ortiq berilmaslik. “Vatanparvarlik chegaradan oshsa, insonning ko‘nglini aynitadi, ishtahasini bo‘g‘adi va bezdiradi”, dedi u.
Vladimir Putin muvaffaqiyatga erishish uchun kelajak haqida o‘ylash va tarixdagi qahramonliklarga yopishib olmaslik kerakligini ta’kidladi.