Putinning aytishicha, Rossiya diplomatik kanallar orqali Yevropa vakillarini Moskvaga kelishga taklif qilgan. Maqsad — Yevropa davlatlari tinchlik muzokaralariga qanday hissa qo‘shmoqchi ekanini aniqlash. Uning ta’kidlashicha, Yevropa xavfsizligi haqida yevropaliklarning o‘zisiz gaplashish mantiqsiz.
Ukraina prezidenti Zelenskiy Yevropa yetakchilarining Rossiya taklifi bilan Moskvaga borishini noto‘g‘ri qaror deb hisoblaydi. Uning fikricha, urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar har ikki tomonning kelishuvga tayyorligini ko‘rsatadigan betaraf hududda o‘tkazilishi kerak.
Avvalroq, Putin Yevropa haqida bildirilayotgan fikrlarga ham munosabat bildirgandi:
“Evropaga qandaydir hujum haqida nimalar deyishyapti o‘zi? Yevropa bilan urush qilish niyatimiz yo‘qligini hamma tushunib turibdi-ku. Bu qanaqa bema’nilik? Bu siyosiy safsatabozlikni bas qilish kerak”.