Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin AQShni jiddiy ogohlantirdi: "Agar shartnoma buzilsa..."

Putin AQShni jiddiy ogohlantirdi: "Agar shartnoma buzilsa..."

AQSh o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalar to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqsa, Rossiya o‘z xavfsizligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha choralar ko‘radi, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni.

AQSh tomonidan shartnoma buzilishi holatida esa, men bu haqda omma oldida aytganman, va yana bir bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonot qilishni zarur deb hisoblayman, biz, xavfsizligimizni kuchaytirishga doir qo‘shimcha choralarni qabul qilishga majbur bo‘lamiz , - dedi Putin RF Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo DRSMD shartnomasi shartlarini bajarish uchun Rossiyaning ikki oy vaqti borligi haqida bayonot qilgan edi. U, agar bu ro‘y bermasa, Vashington DRSMD bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘xtatishini aytgan edi. O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibining xalqaro xavfsizlik va qurol-aslahalar nazorati bo‘yicha o‘rinbosari Andrea Tompson AQSh Rossiyani 9M729 (SSC-8) raketasidan voz kechishga, yoki uning tizimini uchish masofasi DRSMD nizomlarini buzmaydigan qilib modifikasiya qilishga chaqirishini aytgan edi.

So‘nggi yillarda Moskva va Vashington bir-birini RSMD shartnomasini buzganlikda muntazam ayblab kelmoqda. Rossiya shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlariga jiddiy amal qilib kelayotganini bayon etgan. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Larov Moskvaning AQShga amerikaliklarning o‘zlari ushbu shartnomani bajarayotganiga doir jiddiy savollari borligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 18:20 18.12.2018. O'qildi: 10194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!