Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putin AQShni 11 sentyabrdan ikki kun avval ogohlantirgan ekan

Putin AQShni 11 sentyabrdan ikki kun avval ogohlantirgan ekan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001 yil 11 sentyabridan bir necha kun oldin AQShning 43-prezidenti Jorj Bushni terrorchilik hujumlaridan ogohlantirgan edi. Bu haqda AQSh Marqaziy razvedka boshqarmasining Rossiya bo‘yicha sobiq bosh tahlilchisi bo‘lib ishlagan Jorj Bibi o‘zining yangi kitobida aytib o‘tdi, deya xabar beradi TASS.

Bibining so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York va Vashintondagi teraktdan ikki  kun oldin  Putin amerikalik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilib, "Rossiya razvedkasi yaqinlashib kelayotgan terrochilik kompaniyasinig allaqachon tayyorlangani va Afg‘onistondan kelayotganini" ogohlantirgan.

Kitob muallifi, shuningdek, Putin Oq uyga ta’ziya bildirish uchun telefon qilgan birinchi xorijiy davlat rahbari edi, deb yozgan. 

Vladimir Putin 2017 yilda AQShlik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida AQSh razvedka xizmatlarining ushbu qo‘poruvchilikda aloqadorligi haqidagi taxminlarga izoh bergandi. "Men Amerika razvedka xizmatlari hujumlarni tashkillashtirganiga ishonmayman", dedi davlat rahbari.

2001 yilda  bo‘lib o‘tgan mudhish hodisadan so‘ng, Rossiya rahbari "Rossiya va AQSh maxsus xizmatlari bu teraktning oldini ololmaganidan o‘zini aybdor his qiladi", degan. 

AQShda ro‘y bergan qo‘poruvchilik 3000 kishining hayotiga nuqta qo‘ygan,  6 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 12:04 06.09.2019. O'qildi: 7920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!