Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh saylov tizimida muammolar mavjudligini ma’lum qildi.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
"Bu juda aniq - dunyodagi hamma uchun, amerikaliklar uchun ham AQSh saylov tizimida muammolar borligi tushunarli, menimcha", dedi Putin Qo‘shma Shtatlar tarixidagi prezidentlik saylovlarida uch marta saylovchilar tomonidan saylangan, ammo raqibiga nisbatan kamroq ovoz olgan rahbarlar borligini eslatgan holda.
Putinning alohida ta’kidlashicha, bu amerikaliklarning ichki ishi va Rossiyada ularning ishlariga aralashishga haqqi yo‘q.