Bugun Vladimir Putin bir kunlik amaliy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketadi va u yerda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bu Putinning 2019 yil iyunidan beri Belarusga ilk tashrifi. Kreml matbuot xizmati qayd etishicha, kun tartibidan Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari, shuningdek, Ittifoq doirasidagi integrasion hamkorlikka e’tibor qaratish masalalari o‘rin olgan.