Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Puchdemonga Germaniyani tark etishga ruxsat berildi

Puchdemonga Germaniyani tark etishga ruxsat berildi

Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemonga Germaniyani tark etishga ruxsat berildi. Shlezvig-Golshteyn yeri oliy sudi siyosatchining Ispaniyaga ekstradisiya qilinishini bekor qildi. 

Shu tariqa Puchdemonning Germaniyadan Ispaniyaga ekstradisiya qilinishi ishi rasman yopilgan.

Avvalroq Madriddagi oliy sud Puchdemonning hibsga olinishiga xalqaro orderni bekor qilgan va uning topshirilishi istagidan voz kechgan. Ispan sudi nemis sudi Puchdemon Ispaniyaga isyonni tashkillashtirish ayblovi bo‘yicha emas, faqatgina davlat mablag‘larini suiiste’mol qilish ayblovi bilangina ekstradisiya qilinishini mumkinligini tan olgandan keyin shunday qarorga kelgan. 

Puchdemon 2017 yil oktyabrda Kataloniya muxtor viloyatining Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi bo‘yicha referendumni tashkillashtirishda ayblanib keladi. Puchdemon muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Belgiyaga qochgan, mart oyida esa Germaniya hududi orqali o‘tayotganda hibsga olingan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 04:34 21.07.2018. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!