«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
As nashrining yozishicha, «PSJ» portugaliyalik goleadorning vakillari bilan muzokaraga kirishgan. Ronaldu o‘z agenti Jorje Mendeshga Turin klubini tark etishga tayyorligini ma’lum qilgan.
«Yuve» rahbariyati ham 36 yoshli hujumchisi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Jamoa bosh murabbiyligiga qaytgan Massimiliano Allegrining yangi mavsum rejalaridan Krishtianu o‘rin olmagan.
Qayd etilishicha, Parij klubi rahbariyati Kilian Mbappeni o‘z tarkibida olib qolishiga ishonmayotgani bois, uning o‘rniga Ronaldu nomzodini ko‘rmoqda.
Qolaversa, Ronalduning hamkori sanalmish Nike brendi «PSJ»ning texnik hamkori ekanligi ham bu transferning amalga oshishi uch tomonlama foydali bo‘lishiga ishonilmoqda.
«Yuve» Ronaldu uchun 25-30 million yevro transfer puli olmoqchi. Shuningdek, yana bir variant sifatida parijliklar Ronalduni Ikardi bilan o‘zaro almashishga ham tayyor.
Ma’lumot uchun, Ronaldu A Seriya joriy mavsumida 33 o‘yinda 29ta golga mualliflik qilgan.