"PSJ" "Barselona"ning sobiq sardori Lionel Messi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
L’Équipe jurnalisti Florent Torchutning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik vakillar hali taklif qilingan shartnomani o‘rganmoqda.
Qayd etilishicha, maosh va bonuslar, imij huquqlarini taqsimlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Avvalroq, "PSJ"ga o‘tganda, Messi 40 million yevrolik bonus olishi haqida xabar berilgandi.