Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

“PSJ” 16 yoshli Yamal uchun “Barselona”ga 250 million yevro to‘lamoqchi

“PSJ” 16 yoshli Yamal uchun “Barselona”ga 250 million yevro to‘lamoqchi

Fransiyaning “PSJ” klubi 16 yoshli hujumchi — Lamin Yamalni sotib olish uchun “Barselona”ga 250 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi hech qanday summa evaziga futbolchini sotmaydi.

Mart oyida “Barselona” prezidenti Joan Laporta “PSJ” Yamal uchun 200 million yevro taklif qilgani, ammo bu taklif rad etilgani haqida aytib o‘tgandi.

O‘tgan mavsumda Yamal barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yamal Yevro-2024 guruh bosqichining uchta o‘yinida ham ishtirok etdi. Xorvatiya bilan 1-tur o‘yinida (3:0) vinger golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:38 30.06.2024. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!