Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

"Prezidentning vetosi Ukrainada Starlink interneti o‘chirilishiga olib kelmaydi"

"Prezidentning vetosi Ukrainada Starlink interneti o‘chirilishiga olib kelmaydi"

Polsha prezidenti devoni Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti xizmatlariga to‘lovlarni davom ettirishga va’da berdi

Prezident devoni rahbari Zbignev Boguskiyning so‘zlariga ko‘ra, prezidenti Karol Navroskiy tomonidan ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qo‘yilgan veto, Ukraina frontda foydalanayotgan Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti o‘chirilishiga olib kelmaydi.

"Prezidentning vetosi Ukrainada Starlink interneti o‘chirilishiga olib kelmaydi, chunki bu xizmat xarajatlari amaldagi qonun qoidalariga asosan moliyalashtiriladi. Prezident tomonidan Seymga kiritilgan loyiha ham ushbu tartibni saqlab qoladi", — deya tushuntirdi Boguskiy.

Kiritildi: 21:15 27.08.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!