Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezidentning tug‘ishgan akasining qabri topildi

Prezidentning tug‘ishgan akasining qabri topildi

Qidiruv tashkiloti xodimlari Leningradni qamal qilish paytida bolaligida vafot etgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin akasining qabrini topishdi. Bu haqda Putinning o‘zi Inson huquqlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar berdi “nsn.fm”.

Davlat rahbari akasining qabri Piskarevkada topilganligini va nafaqat bu joy, balki yana bir qarindoshining dafn etilgan joy ham aniqlanganini ta’kidlagan.

"Ota-ona ham uning qayerdaligini bilishmasdi, ular shunchaki qog‘oz yuborishgandi, unda esa akamning qamal paytida o‘lgani yozilgandi", dedi prezident.

Ma’lumot o‘rnida, Putin oiladagi uchinchi o‘g‘il. Akalari u tug‘ilishidan oldin vafot etishgan. Katta akasi Albert Ulug‘ vatan urushi boshlanishidan oldin bu dunyoni tark etgan.

Kichik akasi Viktor esa 1942 yilda Leningradda difteriyadan ikki yoshida vafot etgan.

Kiritildi: 20:39 12.12.2019. O'qildi: 4649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!