Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Prezidentning tansoqchilari o‘zga yurtda mushtlashib ketishdi

Prezidentning tansoqchilari o‘zga yurtda mushtlashib ketishdi

Joriy yilning 7 noyabr kuni kechqurun, Tojikistonda taqiqlangan «Guruh 24» muxolifat harakati tarafdorlari mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari bilan Parij markazida mushtlashib ketishdi. Imomali Rahmon 7 noyabr kuni kechqurun Shveysariyadan Yevropa safari doirasida Parijga keldi, deya xabar beradi «Kun.uz» nashri.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, «Guruh 24» tarafdorlari Fransiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv joyiga yaqin yerda Imomali Rahmonning siyosatiga qarshi shiorlar aytib baqirishgan. Shu payt prezidentning tansoqchilari namoyishchilar oldiga yaqinlashishgan va tarqalishni talab qilishgan, ammo dahanaki jang haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketgan.

Namoyishchilarning xabar berishicha, mushtlashuvdan so‘ng voqea joyiga 50ga yaqin fransuz jandarmi va tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Jandarmlar tojik muxolifati va Tojikiston prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasiga turib olishgan hamda Imomali Rahmonning fransuz-tojik ishbilarmonlar kengashi doirasida fransuz ishbilarmonlari bilan uchrashadigan joyiga yaqinlashishga imkon berishmagan.

Imomali Rahmon o‘z safarini 4 noyabr kuni Shveysariyadan boshladi va 5 noyabr kuniyoq «Guruh 24» tarafdorlari Shveysariya poytaxti deb hisoblanuvchi Bern shahrida birinchi norozilik piketini o‘tkazishdi.

7 noyabr kuni kechqurun Rahmon Fransiyadagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi, shundan so‘ng bir qator hujjatlar imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida «Talko» va Fransiyaning Fives kompaniyasi o‘rtasida 200 million yevro miqdoridagi kelishuv ham bor.

Kiritildi: 06:49 09.11.2019. O'qildi: 5116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!