Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezidentning nabirasi mamlakatdagi byurokratiyadan norozi

Prezidentning nabirasi mamlakatdagi byurokratiyadan norozi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning to‘ng‘ich qizining o‘g‘li, 28 yoshli nabirasi Aysulton Nazarbayev internetda o‘zining ajabtovur fikrlari bilan hammani hayratda qoldirdi. Ba’zilarda uning ruhiy sog‘lomligi to‘g‘risida shubha ham uyg‘ondi, deya yozadi manbaaga tayangan holda www.adolat.uz.

23 yanvar kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi postida u Rossiyadagi xususiy qamoqxona mahbusligidan qutilib uyiga qaytganini aytgan. Biroq u bu muassasaningqanday tashkilotligi, nima sababdan u yerga borib qolgani va u yerga uni kim yuborgani to‘g‘risida hech qanday izoh bermagan. U faqatgina barcha hujjatlari o‘g‘irlanib, yo‘qotib yuborilganligi sababli uyga hujjatlarsiz qaytganligi hamda u yerga Aysultonning eng yaqin va ishonchli bo‘lgan odamlari orasidagi unga yaxshilik istovchi lar tomonidan joylashtirilganligini yozgan. Yuqoridagi noxush voqealardan keyin Qozog‘istongan qaytgan Nazarbayevlar oilasining yosh vakili shaxsiy hujjatlarini o‘zi mustaqil, tanishlaridan foydalanmasdan qayta tiklashga qaror qildi. Ammo aftidan bu ishi va harakatlari unga ancha-muncha muammolarni tug‘dirdi. Bizning davlat organlarimizda bo‘layotgan ishlar naq jahannamning o‘zi... Meni bir davlat muassasidan boshqasiga yuborishdi... Qay bir tashkilot yoki muassasaga bormay, u yerda men tushgan vaziyatda nima qilish kerakligini hech kim bilmasdi - deb yozadi Aysulton Nazarbayev.

U o‘zining barcha muammolarida Ichki ishlar vazirligi va migrasiya xizmatini ayblarkan, uyat bo‘lsa ham bobosiga murojaat qilishdan boshqa chorasi yo‘qligini qo‘shib qo‘ydi.

Odatda Prezident oilasi OAV orqali yoritilishi va munozara qilinishi uchun yopiq mavzu hisoblansada, onasi Darig‘a Nazarbayeva Senatda yuqori lavozimni egallaganligi, ba’zan Prezident vorisi sifatida davlarda, suhbatlarda aytilib turilishiga qaramasdan Aysulton haqida odamlar shivirlab gaplashishni boshlashdi.

Kiritildi: 09:41 11.02.2019. O'qildi: 1910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!